Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Olimlar sunʼiy intellekt aksiyalarida pufak paydo boʻlishi ehtimolini 97 foiz deb baholadi

London biznes maktabi va Kembrij universiteti xodimlari oʻz tadqiqotlarini ham sunʼiy intellekt yordamida olib bordi

27-noyabr, 15:03
london.edu

Tadqiqotni London biznes maktabining moliya professori Marko Grotteriya hamda Kembrij universiteti tadqiqotchilari Afonso Monteyro va Konstantin Yannelis tayyorladi. Ular katta til modellari yordamida The Economist nashrining 170 yillik arxivini oʻrganib, moliyaviy pufak alomatlari indeksini yaratdi.

Indeks spekulyatsiya, aktivlarning haddan tashqari yuqori baholanishi, regulyatorlarning ogohlantirishlari va investorlar orasidagi avj olgan hayajon haqidagi xabarlarni hisobga oladi. Tadqiqotchilar moliyaviy matbuot koʻpincha yuz bermaydigan qulashni bashorat qilishini taʼkidlaydi. Biroq bunday ogohlantirishlar intensivligining odatiy darajaga nisbatan oshishi foydali signal boʻlishi mumkin. Taqqoslashlarning 74 foizida indeks pufaklar bilan bogʻliq oylarda odatiy davrlardagidan yuqori boʻlgan.

Sentabrdagi koʻrsatkich 2000-yil mart oyida dotkomlar pufagi avjiga chiqqan paytdagi daraja bilan qiyoslanadigan yoki undan yuqori boʻldi. Shu bilan birga, mualliflar spekulyatsiya alomatlari sunʼiy intellekt texnologiyasi iqtisodiy qiymatga ega emasligini anglatmasligini taʼkidlaydi. Muqobil ikki baholash pufak paydo boʻlishi ehtimolini qariyb 40 foiz deb koʻrsatdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media