Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Data-markazlar sabab server SSDʼlari yana 15–20 foizga qimmatlashadi

TrendForce 2026-yilning IV choragida server SSDʼlari narxi oshishini prognoz qilmoqda

13-noyabr, 15:50
3dnews.ru

Tahlilchilar prognoziga koʻra, 2026-yilning toʻrtinchi choragida korporativ SSDʼlar narxi 15–20 foizga oshishi mumkin. Narxlarni koʻtarish haqidagi rasmiy bildirishnomalar hozircha yuborilgani yoʻq, biroq taʼminot kanallarida komponentlar qiymati allaqachon oʻsa boshlagan.

Talabning asosiy manbai boʻlib data-markazlar qolmoqda, isteʼmol bozori esa sustroq rivojlanmoqda. Xotira ishlab chiqaruvchilari ishlab chiqarish quvvatlarini HBM, server DDR5 va korporativ QLC SSDʼlar foydasiga taqsimlamoqda. Shu sababli Samsung, SK hynix va Micron oddiy DRAM hamda NANDʼning ayrim turlarini yetkazib berish imkoniyatlarini qisqartirmoqda.

Modul ishlab chiqaruvchi kichik kompaniyalar nafaqat xarid narxlarining oshishi, balki yetkazib berish taqchilligiga ham duch kelmoqda. Yirik buyurtmachilarga hajmlar va shartnomalar maqomi boʻyicha ustuvorlik berilmoqda, boshqa kompaniyalar esa komponentlarni spot bozoridan xarid qilishiga toʻgʻri kelmoqda. Bunda tayyor modullar narxi ularni ishlab chiqarish xarajatlariga qaraganda sekinroq oshmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Isteʼmol segmentida talab zaxiralar va uchinchi chorakda noutbuklar yetkazib berish hajmining 15,8 foizga qisqarishi bilan cheklanmoqda. Kompyuter ishlab chiqaruvchilari xotira xaridlarini kamaytirmoqda: TrendForce bahosiga koʻra, kompyuterlar uchun DRAMʼning shartnoma narxlari 13–18 foizga oshadi, mijoz SSDʼlarining qimmatlashishi esa 5 foizdan past boʻlib qoladi.

Xabarlarga koʻra, ayrim ishlab chiqaruvchilar 2028-yilgacha ishlab chiqarish quvvatlarini allaqachon band qilib qoʻygan. Tarmoq manbalari bahosiga koʻra, ishlab chiqarishni tez kengaytirish taqchillikni bartaraf etmaydi, chunki muammo mahsulotlarning segmentlar oʻrtasida qayta taqsimlanishi bilan ham bogʻliq. Shu bilan birga, isteʼmol bozorida narxlar bir xil emas, yakuniy talabning sustligi esa xaridorlarga muzokara qilish uchun koʻproq imkoniyat bermoqda.