Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 023.46▼ 42.76EUR13 461.47▲ 17.29RUB149.44▼ 0.30CNY1 807.33▼ 4.03KZT26.49▼ 0.14GBP16 146.30▲ 70.4831.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonga xorijdan 9 oyda 15,2 mlrd dollarlik pul oʻtkazmalari yuborildi

Shu bilan birga, mamlakatdan 2 mlrd dollar yuborilgan

2-noyabr, 16:46

2026 yilning toʻqqiz oyida mamlakatga kelib tushgan pul oʻtkazmalari hajmi oʻsishda davom etdi. 2025 yilning shu davrida Oʻzbekistonga 13,9 mlrd dollar, 2024 yil yanvar–sentabr oylarida esa 11,3 mlrd dollar kelib tushgan. Chiqim pul oʻtkazmalari esa qariyb 2 mlrd dollar darajasida qolgan: 2025 yilda 1,9 mlrd dollar, undan avvalgi yilda esa 2,1 mlrd dollar.

Bu maʼlumotlar 2026 yilning toʻqqiz oyidagi ichki valyuta bozori sharhida keltirilgan. Hujjatga koʻra, shu davrda aholi tijorat banklariga 18,9 mlrd dollar sotgan — bu bir yil avvalgidan 1,2 baravar koʻp. Regulyator jismoniy shaxslarning banklar bilan operatsiyalaridagi ijobiy saldo ichki bozorda valyuta taklifining qoʻshimcha manbai ekanini taʼkidlagan.

Markaziy bank operatsiyalari hisobga olinmaganda, xorijiy valyutaning umumiy taklifi 25,3 foizga oshib, 43,8 mlrd dollarga yetgan. Talab esa 17,9 foizga oshib, 50,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

Yanvar–sentabr oylarida soʻmning dollarga nisbatan kursi 11 765 soʻmdan 12 320 soʻmgacha boʻlgan diapazonda oʻzgargan. Sentabr oxiriga kelib, kurs 11 821 soʻmni tashkil etgan va yil boshidan buyon 1,5 foizga mustahkamlangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing