Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 903.15▼ 62.36EUR13 329.15▼ 108.12RUB146.75▲ 0.79CNY1 783.40▼ 8.89KZT26.50▼ 0.20GBP15 916.89▼ 112.1123.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Rossiyaning Primorskiy oʻlkasi qoʻshma savdo uylarini tashkil etmoqchi

Tomonlar, shuningdek, Fargʻona va Primorye oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovini yoʻlga qoʻyish hamda quyosh panellarini birgalikda ishlab chiqarish masalalarini muhokama qildi

19-oktabr, 16:11По-русски

Primorskiy oʻlkasi delegatsiyasi 18 oktabr kuni Fargʻona va Toshkentga tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda Fargʻona viloyatidan Rossiya bozoriga mahsulot yetkazib berishni kengaytirish, shuningdek, Primoryeda savdo infratuzilmasini va shourum hamda milliy mahsulotlar yarmarkalariga ega Oʻzbekiston savdo uyini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston va Primorskiy oʻlkasi vakillari Vladivostokda biznes-forum oʻtkazish, oʻzaro biznes-missiyalar tashkil etish hamda oʻzbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida elektrotexnika buyumlarini birgalikda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqdi. Shuningdek, tomonlar Primorye dengiz mahsulotlari, biologik faol qoʻshimchalar, moylar, maishiy kimyo vositalari va boshqa tovarlarni Uzum Market orqali sotishni ishlab chiqishga kelishib oldi.

«Hemiks grupp» kompaniyasi rahbari Fargʻona viloyatida beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurdi. Tashrif yakunlariga koʻra, tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Manba: dunyo.info

Yana oʻqing