WB Taxi endi Andijonda ishlaydi
Hozircha uchta tarif mavjud: «Standart», «Komfort» va «Multi»

WB Taxi kompaniyasining Oʻzbekistondagi rahbari Timur Aliyev servis hozir haydovchi-hamkorlarga pasaytirilgan komissiya stavkasi, toʻlovlarning barqaror jadvali va qoʻshimcha daromad olishning shaffof mexanizmlarini taklif qilayotganini taʼkidladi.
Yoʻlovchilar uchun sodiqlik dasturi joriy etilgan: naqdsiz toʻlov orqali amalga oshirilgan har bir safar uchun bonus ballari beriladi. Ularni kelgusidagi buyurtmalar qiymatini qoplash uchun ishlatish mumkin.
Respublika hududida safarga Toshkent, Samarqand, Buxoro va Namanganda buyurtma berish mumkin. Mamlakat tashqarisida esa platforma Belarusning asosiy shaharlarida (Minsk, Brest), Qirgʻizistonning asosiy shaharlarida (Bishkek, Osh, Manas) va Armanistonning asosiy shaharlarida (Yerevan) faoliyat yuritadi.




