Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 004.02▲ 85.04EUR13 361.67▲ 77.97RUB148.80▲ 0.76CNY1 800.68▲ 13.08KZT26.35▲ 0.23GBP15 950.94▲ 74.8629.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Yevropada Visa va Mastercardʼga raqobatchi ishga tushdi

Wero xizmatini 16 ta bank va moliya muassasasini birlashtirgan Yevropa toʻlov tashabbusi (EPI) ishga tushirdi

28-oktabr, 17:19По-русски

Read in English

Wero

Hozircha xizmat mijozlarning bir qismiga taqdim etilmoqda. Yilning ikkinchi yarmida esa u Fransiyaning BNP Paribas moliyaviy konglomerati, Niderlandiyaning ING banki va umumevropa Société Générale banki ilovalariga integratsiya qilinadi.

Wero raqamli hamyoni Payconiq va iDEAL tizimlari negizida yaratilgan. 2025–2026-yillarda unga internet orqali va QR-kodlar yordamida hisob-kitoblarni toʻlash, shuningdek, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatlarini qoʻshish rejalashtirilmoqda.

Tashabbus Yevropaning moliyaviy infratuzilmasi mustaqilligini kuchaytirishi kerak: Yevropa Markaziy banki bahosiga koʻra, xalqaro provayderlar yevro hududidagi kartalar orqali amalga oshiriladigan elektron tranzaksiyalarning 64 foizini taʼminlaydi. Shu bilan birga, EPI xususiy loyiha boʻlib qolmoqda va tayyorlanayotgan raqamli yevroning oʻrnini bosmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing