Oʻzbekiston Turkiya, Latviya va Iroqqa yuk poyezdlari qatnovini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganmoqda
Yoʻnalishlarni birgalikda tashkil etish tashqi savdoni yengillashtirib, biznes taʼminot zanjirlarining barqarorligini oshirishi mumkin
Uch yoʻnalish — Toshkent — Mersin, Toshkent — Riga va Toshkent — Bagʻdod boʻylab poyezdlar qatnovini yoʻlga qoʻyish masalasini «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev va Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov muhokama qildi.
Tomonlar yoʻnalishlarni yagona logistika mexanizmiga birlashtirish gʻoyasini muhokama qildi. Kutilishicha, bunday yondashuv yuk tashishni samaraliroq qilib, oʻzbek kompaniyalariga xorijiy bozorlardagi ishtirokini kengaytirishga yordam beradi.
Uchrashuv ishtirokchilari transport va logistika sohasidagi tadbirkorlar masalalari bilan bundan buyon ham birgalikda shugʻullanishga kelishib oldi. Shuningdek, tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va biznes uchun yanada qulay sharoitlar yaratish rejalashtirildi.


