Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 903.15▼ 62.36EUR13 329.15▼ 108.12RUB146.75▲ 0.79CNY1 783.40▼ 8.89KZT26.50▼ 0.20GBP15 916.89▼ 112.1123.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kompaniyalar

Beeline Uzbekistan egasi Perfectumʼni qator shartlar asosida sotib olishga rozilik oldi

Qoʻmita abonentlarni VEONʼning raqamli xizmatlaridan foydalanishga majburlashni va ularning boshqa mobil operatorlarga oʻtishiga toʻsqinlik qilishni taqiqladi

20-oktabr, 14:00По-русски

Perfectum brendi ostida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi Rubicon Wireless Communication AJ aksiyalarining 100 foizini sotib olishga dastlabki rozilik berildi.

Bitimni BAAda roʻyxatdan oʻtgan VEON UZB Holding Ltd. amalga oshiradi. Unga, shuningdek, Oʻzbekistonda Beeline brendi ostida faoliyat yurituvchi Unitel kompaniyasining 100 foiz ulushi tegishli.

Perfectum kamida uch yil davomida mustaqilligini saqlab qolishi, 5G Standalone tarmogʻi esa Oʻzbekistonning boshqa hududlarida rivojlantirilishi kerak. Amaldagi abonentlar uchun 5G FWA tariflarini 12 oy davomida oʻzgartirish mumkin emas; oʻrtacha tezlik kamida 300 Mbit/s boʻlishi lozim.

Bundan tashqari, shartlar xizmat koʻrsatish sifatining asossiz yomonlashishiga, abonentlar maʼlumotlaridan raqobatni cheklash uchun foydalanishga yoki ularni qonunni buzgan holda xorijdagi serverlarga uzatishga yoʻl qoʻymaydi. Bitim taraflari «Raqobat toʻgʻrisida»gi qonunga rioya qilishi shart.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Manba: gazeta.uz

Yana oʻqing