Namangan universiteti Vengriya kompaniyasi bilan 1 mln dollarlik shartnoma imzoladi
«Fargʻona vodiysida yerosti suvlarini boshqarish» besh yillik loyihasi raqamli mini-stansiyalar yaratishni nazarda tutadi
28-oktabr, 14:08По-русски
Namangan davlat texnika universiteti (NamGTU) Vengriyaning GeoGold Kárpátia kompaniyasi bilan 1 million AQSh dollarlik shartnoma tuzdi.
Hujjat yerosti suvlarini monitoring qilish uchun 245 ta raqamli mini-stansiya ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Ishlar texnik loyihalash, dasturiy taʼminot ishlab chiqish, prototiplarni tayyorlash va tekshirishni oʻz ichiga oladi. Shundan soʻng ishlab chiqarish bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.
2025 yilda Innovatsion rivojlanish agentligi delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi chogʻida imzolangan hamkorlik memorandumi amaliy jihatdan shartnoma tuzilishi bilan yakunlandi.



