Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishi 9 oyda 8,1 foizga oʻsdi
Zargarlik sanoati yillik rejani allaqachon oshirib bajardi, texnologik metallar ishlab chiqarishi esa boshqa yoʻnalishlarga qaraganda tezroq oʻsmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishi 2026 yilning yanvar–sentabr oylarida yillik hisobda 8,1 foizga oʻsib, 1085,7 trln soʻmga yetdi. Yillik maqsadli koʻrsatkich 1315,9 trln soʻmni (+8 foiz) tashkil etadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi boʻyicha mutlaq yetakchi — 128,1 trln soʻmlik koʻrsatkichga ega Navoiy kon-metallurgiya kombinati (-0,05 foiz, yillik reja — 171,5 trln soʻm). Ikkinchi oʻrinda 54,5 trln soʻm koʻrsatkich bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (+6,9 foiz, reja — 77,3 trln soʻm) turibdi.
Tarmoqlar orasida ishlab chiqarishning eng katta hajmi quyidagi sohalarda qayd etildi: - toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati: 106 trln soʻm (+13,8 foiz); - avtomobilsozlik: 74,9 trln soʻm (+12,6 foiz); - qurilish materiallari ishlab chiqarish: 46,9 trln soʻm (+17,7 foiz); - neft-gaz sohasi: 42,1 trln soʻm (+6 foiz); - elektroenergetika: 41,3 trln soʻm (+7,1 foiz); - elektrotexnika: 38,3 trln soʻm (+15,1 foiz).
Toʻqqiz oy davomida eng jadal oʻsish yuqori texnologiyalar sektori va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishida kuzatildi.
Texnologik metallar sanoati oʻsish surʼati boʻyicha mutlaq yetakchiga aylandi — 57 foizga oʻsdi (1,2 trln soʻm, yillik reja — 1,5 trln soʻm).
Zargarlik sanoatida 51,9 foizlik oʻsish qayd etilib, ishlab chiqarish hajmi 20,8 trln soʻmgacha oshdi. Shu tufayli tarmoq 20,7 trln soʻmlik yillik rejani muddatidan oldin bajardi.
Uran (+13,5 foiz, 13,6 trln soʻmgacha), charm-poyabzal (+13,1 foiz, 4 trln soʻmgacha), kimyo (+10,2 foiz, 20,7 trln soʻmgacha) va farmatsevtika (+16,3 foiz, 5,7 trln soʻmgacha) sanoatida ham ikki xonali oʻsish surʼatlari qayd etildi. Koʻmir sanoatida ishlab chiqarish hajmi 1,9 trln soʻmni tashkil etdi (+4,6 foiz).
Yana oʻqing
Oʻzbekistonda 1 mlrd dollarlik 330 ta farmatsevtika ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi



