Dow Jones va S&P 500 seshanba kuni oshdi, Nasdaq savdolarni ozgina pasayish bilan yakunladi
Korporativ hisobotlar mavsumi ayrim aksiyalar narxining harakatini belgiladi
Dow Jones indeksi 1,02 foizga oshib, 52 495,88 punktga yetdi, S&P 500 esa 0,28 foizga koʻtarilib, 7 712,57 punktni tashkil etdi. Nasdaq Composite 0,02 foizga pasayib, sessiyani 26 424,82 punktda yakunladi.
Sunʼiy intellektga faol sarmoya kiritayotgan kompaniyalar aksiyalari bosim ostida qoldi. Nvidia va Microsoft aksiyalari arzonlashdi, Lam Research kotirovkalari pasayishi esa yirik texnologik kompaniyalar orasida eng sezilarli boʻldi. Shu bilan birga, Moderna, Bristol Myers Squibb va Eli Lilly kabi sogʻliqni saqlash kompaniyalari aksiyalari oshdi.
Equifax va Hasbro tahlilchilar kutganidan yaxshiroq moliyaviy natijalarni eʼlon qildi. 3M aksiyalari iyul–sentabr oylarida sof foyda oshgani va yillik prognozi oshirilgani ortidan qimmatlashdi. Tradeweb Markets Trumid Holdings kompaniyasini 1,97 mlrd dollarga sotib olgani haqida maʼlum qildi, General Motors esa xomashyo qimmatlashuvi va yuk avtomobillariga talab pasayishi sabab natijalariga bosim boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi.



