YI regulyatorlari Booking kompaniyasi faoliyatini tekshirmoqda
Soxta eʼlonlar va firibgarlik sabab kompaniyaga jahon miqyosidagi yillik aylanmasining 6 foizi miqdorida jarima solinishi mumkin
Yevrokomissiya Booking.com foydalanuvchilarni soxta takliflar va fishing sxemalaridan yetarlicha himoya qilmayotganidan shubhalanmoqda. Regulyatorning hisoblashicha, platforma xatarlarni baholashi va Yevropa Ittifoqining Raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq firibgarlikka qarshi jiddiyroq choralar koʻrishi kerak.
Yevrokomissiya vakili kompaniyaning hozirgi yondashuvini «mutlaqo qoniqarsiz» deb atadi va firibgarlikning oldini olishga xizmat qilayotgan amaldagi tizimlar ancha ishonchliroq boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. Idora tekshiruvning boshlanishi qoidabuzarlik oldindan belgilanganini anglatmasligini qayd etdi.
Booking.com Yevrokomissiya bilan konstruktiv hamkorlik qilayotganini maʼlum qilib, xavfsizlik, ishonch va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishni oʻzining asosiy ustuvor yoʻnalishlari deb atadi. Kompaniya, shuningdek, kiberjinoyatchilik va internetdagi firibgarlikka qarshi kurashishda hukumatlar, regulyatorlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.



