Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 903.15▼ 62.36EUR13 329.15▼ 108.12RUB146.75▲ 0.79CNY1 783.40▼ 8.89KZT26.50▼ 0.20GBP15 916.89▼ 112.1123.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Agro

Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning INPRO kompaniyasi raqamli chorvachilikka 20 mln dollar yoʻnaltiradi

12 oylik loyiha mahalliy kompaniyalar, ilmiy muassasalar va fermer xoʻjaliklarini birlashtiradi

20-oktabr, 12:22По-русски

Oʻzbekistonning INPRO Inc. bilan hamkorligi doirasida 20 mln dollar investitsiya kiritish rejalashtirilgan. 2026-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisi Azizbek Urunov va INPRO Inc. bosh direktori Chve Syn Hyok oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

INPRO xalqaro ISO/ICAR standartlariga mos RFID-belgilarni bulutli platforma bilan birlashtiruvchi DLGS tizimini namoyish etdi. Ushbu yechim hayvonlarning tugʻilishi, salomatligi, emlanishi va harakatlanishini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.

Kelishuv doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlari, mutaxassislarni oʻqitish hamda qishloq xoʻjaligi hayvonlari genetikasini rivojlantirish koʻzda tutilgan. Pilot loyiha natijalari yakunlangach, tomonlar hamkorlikning keyingi istiqbollarini baholashni rejalashtirmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Manba: UzDaily

Yana oʻqing