Toqayev: «Qishda elektr energiyasini qimmat narxda sotib olamiz, yozda esa uni ancha arzon narxda beramiz»
Qozogʻiston prezidenti qoʻshni mamlakatlardan elektr energiyasini xarid qilish amaliyotini tanqid qildi
28-oktabr, 14:45По-русски
Mamlakat fuqarolariga yoʻllagan murojaatida Toqayev energiya taʼminotini davlatlarning raqobatbardoshligi va iqtisodiy suvereniteti sharti deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, soha har yili taqchillikka duch keladi, professional kadrlar esa tez-tez oʻtkaziladigan forumlar va muhokamalarga qaramay, kam.
Prezident energetika loyihalarini amalga oshirishdagi uzilishlar haqida ham maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Balxashda boshlangan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi avval barbod boʻlgan, Turkiston, Qiziloʻrda, Olmaota va Ekibastuzda generatsiya quvvatlarini ishga tushirish jarayoni esa hozir izdan chiqmoqda.


