Navoiy viloyatida shisha mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi
Kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning bir qismini eksport qilish rejalashtirilmoqda
24-oktabr, 10:05По-русски
Navoiy viloyatida qiymati 76 mln dollar boʻlgan, kvars xomashyosidan shisha idishlar ishlab chiqaradigan korxona qurish boʻyicha investitsiya loyihasi koʻrib chiqildi.
Loyihani Xitoyning Shandun provinsiyasidagi Qingdao shahrida joylashgan Qingdao Rongtai Glass Products kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Kompaniya Rotar brendi ostida yashil, shaffof va jigarrang rangdagi idishlar ishlab chiqaradi. Loyiha uch bosqichga moʻljallangan: toʻliq quvvatga besh yil ichida chiqish, birinchi navbatni esa bir yil ichida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Manba: Uza.uz



