Oʻzbekistonda Apple Payʼga ulashni boshlashdi
Google Pay kontaktsiz toʻlovlar uchun allaqachon ishlamoqda

27-oktabr kuni Apple Walletʼga Oʻzbekistondagi banklar va fintech servislaridan jami sakkiztasining kartalarini ulash imkoniyati qoʻshildi.
Roʻyxatga Uzum, Orient Finans Bank, Oʻzbekiston Milliy banki, Kapitalbank, Hamkorbank, Ipak Yuli Bank, TBC Bank va Octobank kirdi. Uzum va Hamkorbank uchun Visa, qolgan ishtirokchilar uchun esa Visa va Mastercard koʻrsatilgan. Bunda ayrim banklar kartalarning barcha turlarini qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin.
Material tayyorlangan paytda Oʻzbekiston Apple Pay qoʻllab-quvvatlanadigan mamlakatlar Apple eʼlon qilgan roʻyxatga kiritilmagan edi. Ishtirokchilar roʻyxati kengaytirib boriladi, muayyan kartaning mosligini esa uni chiqargan bank yoki xizmatdan tekshirish tavsiya etiladi.





