Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 903.15▼ 62.36EUR13 329.15▼ 108.12RUB146.75▲ 0.79CNY1 783.40▼ 8.89KZT26.50▼ 0.20GBP15 916.89▼ 112.1123.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Savdo va logistika

Oʻzbekiston Wabtec kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Muzokaralarda lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan yetkazib berish hamda AQSh moliya institutlarining ishtiroki masalalari koʻrib chiqildi

20-oktabr, 16:33По-русски
president.uz — Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Wabtec kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va kompaniyaning bosh ijrochi direktori Rafael Santana bilan uchrashdi.

Tomonlar mamlakat temir yoʻl infratuzilmasining rivoji va tranzit salohiyatini hisobga olgan holda lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Kun tartibidan Oʻzbekistonda texnik xizmat koʻrsatish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va kadrlar tayyorlash masalalari ham oʻrin oldi. Shuningdek, konchilik korxonalarining karyer texnikasi uchun servis markazi hamda dizel-generator qurilmalari boʻyicha hamkorlik muhokama qilindi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Manba: Uza.uz

Yana oʻqing