AQShga Rossiya dizel yoqilgʻisi ortilgan ilk tanker yuborildi
Bu haqda Dmitriy Peskov maʼlum qildi
23-oktabr, 15:49По-русски
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Rossiya va AQShning dizel yoqilgʻisi yetkazib berish hamda dastlabki joʻnatmalar muddatlari boʻyicha kelishuvlari ijrosi haqidagi savolga javob berar ekan, yuk ortilgan ilk tanker allaqachon yoʻlga chiqqanini maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, yoqilgʻining ilk partiyasini 22-oktabrdayoq joʻnatish rejalashtirilgan, shundan soʻng yetkazib berishlar muntazam davom etishi kerak edi.
Manba: Interfax




