Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 903.15▼ 62.36EUR13 329.15▼ 108.12RUB146.75▲ 0.79CNY1 783.40▼ 8.89KZT26.50▼ 0.20GBP15 916.89▼ 112.1123.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Agro

Misr kompaniyalari Oʻzbekistondagi agrar tashabbuslarga qiziqish bildirmoqda

Hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish va aniq loyihalarni tayyorlash uchun Oʻzbekistonda misrlik mutaxassislar qabul qilinadi

20-oktabr, 12:02По-русски

Qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, sugʻorish va yangi yerlarni oʻzlashtirish sohalaridagi hamkorlik masalalarini Misrning olti kompaniyasi vakillari hamda oʻzbekistonlik diplomatlar muhokama qildi. Uchrashuvda «Famot», «Delta», «Modern Farming», «SOBEK», «Fruits» va «Pureland» kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Misr tomoni aylanma sugʻorish tizimlari asosidagi loyihalarni ishlab chiqish, chorvachilikni rivojlantirish, ozuqa bazasini yaratish va keyinchalik eksport qilish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga tayyor. Kompaniyalar, shuningdek, yangi yerlarni oʻzlashtirish va Oʻzbekiston hududlarida agrar sektorni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Manba: dunyo.info

Yana oʻqing