Oʻzbekistonda paxtadan rekord hosil olindi
Qariyb 3 mingta mashina yordamida 3,52 mln tonna paxta yigʻib olindi, mamlakat boʻyicha mexanizatsiyaning oʻrtacha darajasi esa 76 foizga yetdi
23-oktabr, 12:12По-русски

commons.wikimedia.org — Shuhrataxmedov
Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 22 oktabr holatiga Oʻzbekistonda 4,63 mln tonna paxta yigʻib olindi — bu rejalashtirilgan hajmning 103 foizini tashkil etadi.
Paxta terimi davom etmoqda: birinchi terim 49 ming gektardan ortiq maydonda oʻtkazildi. Mexanizatsiyaning eng yuqori darajasi Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.
Manba: nova24.uz



