Sulton Tex Qashqadaryodagi loyihalarga 87 mln dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda
Fabrika mato ishlab chiqaradi va suv aylanmasining yopiq tizimidan foydalanadi

Fabrikaga 54 mln dollar sarmoya kiritilgan, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev uning faoliyati hamda «Qashqadaryo» erkin iqtisodiy zonasidagi mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishdi. Korxonani energiya bilan taʼminlash uchun gaz generatori va quyosh panellari oʻrnatilgan.
Resurslarni tejovchi yechimlar fabrikaning elektr energiyasi, issiq suv va bugʻ uchun xarajatlarini, shuningdek, mahsulot tannarxini kamaytirishi kerak. Mirziyoyev joriy etilgan texnologiyalar boshqa toʻqimachilik kompaniyalari uchun namuna boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.
«Qashqadaryo» EIZda klaster yana 70 mln dollarlik loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Viloyatning boshqa tumanlarida 17 mln dollarlik loyihalar koʻzda tutilgan, ular ham yangi ish oʻrinlarini yaratishi kerak.



