Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 903.15▼ 62.36EUR13 329.15▼ 108.12RUB146.75▲ 0.79CNY1 783.40▼ 8.89KZT26.50▼ 0.20GBP15 916.89▼ 112.1123.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sanoat

Oʻzbekiston va Italiya moda brendlari toʻqimachilik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Yevropa biznesiga sohaning ishlab chiqarish va eksport salohiyati taqdim etildi

20-oktabr, 17:45По-русски

Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasi Milan shahridagi Ernst & Young (EY) ofisi bilan hamkorlikda toʻqimachilik mahsulotlari eksporti va oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning Yevropa taʼminot zanjirlariga integratsiyasiga bagʻishlangan vebinar oʻtkazdi.

Elchi Abat Fayzullayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati ishtirokidagi onlayn uchrashuvda jahon moda sanoatining Benetton, Ralph Lauren, Alviero Martini, Frette, Bertolo Cashmere va Gabel Group kabi brendlari vakillari qatnashdi.

Yevropa biznesiga sohaning ishlab chiqarish va eksport salohiyati, shuningdek, «GSP+» rejimining imtiyozlari taqdim etildi. EY ekspertlari Yevropa Ittifoqining ekologik jihatdan maqbullik, sertifikatlash, sifat va taʼminot shaffofligiga doir talablarini tushuntirdi. Tomonlar Italiya kompaniyalarining buyurtmalarini Oʻzbekistondagi fabrikalarda joylashtirish va tayyor mahsulotlarni xarid qilish masalalarini muhokama qildi hamda ikki mamlakat korxonalari oʻrtasida bir qator toʻgʻridan-toʻgʻri B2B muzokaralar oʻtkazishga kelishib oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Manba: dunyo.info

Yana oʻqing