Makron BAA va Bahrayndan oyiga 200 ming tonna dizel yoqilgʻisi yetkazib berish boʻyicha kelishib oldi
Yaqin vaqt ichida Qatardan dizel yoqilgʻisi yetkazib berish boʻyicha kelishuv kutilmoqda
20-oktabr, 17:28По-русски
Fransiya bozoriga har oy 200 ming tonna dizel yoqilgʻisi yoʻnaltirilishi rejalashtirilmoqda: BAA va Bahraynning har biri 100 ming tonnadan yetkazib beradi, deb xabar qildi davlat rahbari maʼmuriyati.
Avvalroq Makron Saudiya Arabistonidan oktabr va noyabr oylariga yetkazib beriladigan 95 ming tonna dizel yoqilgʻisi boʻyicha kelishuvga erishgan edi. Shu hafta Fransiya prezidenti Fors koʻrfazi mamlakatlariga tashrif buyurmoqda.
Birlamchi manba: Le Figaro
Material quyidagi nashr asosida tayyorlandi: Interfax



