Xitoy iqtisodiyoti 4,5 foizga oʻsdi, biroq eksportning jadal oʻsishi jahon iqtisodiy oʻsishi borasida xavotir uygʻotmoqda
Xitoyning yanvar–sentabr oylaridagi tashqi savdo profitsiti ichki talab zaifligi fonida 938 mlrd dollarga yetdi.
Iyul–sentabr oylarida Xitoy yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda 4,5 foizga oʻsdi. Bu iqtisodiyot aprel–iyun oylarida qayd etgan 4,3 foizlik oʻsish surʼatidan yuqori boʻldi.
Koʻchmas mulk bozoridagi koʻp yillik pasayish uy xoʻjaliklari farovonligini susaytirdi va aholini koʻproq jamgʻarishga undadi. AQShning oshirilgan tariflari ikki tomonlama savdoning bir qismini chekladi, shundan soʻng Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevropadagi bozorlarni faolroq izlay boshladi.
Tovarlar savdosidagi kunlik taqchilligi 1,1 mlrd dollardan ortiq boʻlgan tomon Pekin bilan yaqin bir necha yil ichida Xitoy gibrid avtomobillari importini taxminan ikki baravar qisqartirish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Kornell universiteti iqtisodchisi Esvar Prasadning fikricha, barqaror va salmoqli savdo profitsiti tufayli Xitoy jahon iqtisodiy oʻsishining harakatlantiruvchi kuchidan uni cheklovchi omilga aylandi. Xitoy Xalq banki rahbari Pan Gongsheng savdo taqchilligi va profitsitiga ega mamlakatlar savdo nomutanosibliklarini bartaraf etish ustida birgalikda ishlashi kerakligini aytdi.




