Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 838.92▼ 64.23EUR13 248.94▼ 80.21RUB147.05▲ 0.30CNY1 774.87▼ 8.53KZT26.10▼ 0.40GBP15 828.64▼ 88.2524.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Savdo va logistika

Pokiston supermarketlarida «Made in Uzbekistan» boʻlimlari ochiladi

Ularda quruq mevalar, yongʻoqlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va shirinliklar, shuningdek, halol goʻsht mahsulotlari taqdim etiladi

26-oktabr, 15:29По-русски

Read in English

35 ta savdo nuqtasi va yana 11 ta franchayzing doʻkoniga ega Al-Fatah chakana savdo tarmogʻi oʻzbek mahsulotlari boʻlimlarini tashkil etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston elchisi Alisher Tuxtayev va tarmoq bosh direktori Muhammad Anis gaplashdi.

Sinov tariqasidagi boʻlimlarni Lahor va Islomoboddagi doʻkonlarda ochish, keyinchalik talab yetarli boʻlsa, mahsulotlar turi va savdo nuqtalari sonini kengaytirish taklif etilmoqda. Tomonlar, shuningdek, mahsulotlarni Oʻzbekistondagi korxonalarda Al-Fatah brendi ostida qadoqlash hamda eksport salohiyatiga ega ishlab chiqaruvchilarning tayyor mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv ishtirokchilari oʻzbek kolbasalari va boshqa qayta ishlangan goʻsht mahsulotlarini sinov tariqasida sotish masalasini ham alohida koʻrib chiqdi. Ularni sotuvga chiqarish import va sanitariya talablari hamda halol sertifikatlash qoidalariga rioya qilingan taqdirda mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Manba: dunyo.info

Yana oʻqing