Braziliya aksiyalari bozori prezidentlik saylovida Lula da Silvaning gʻalabasi ortidan qulab tushdi
Realning AQSh dollariga nisbatan kursi 11 foizga pasaydi
Braziliya fond bozori asosiy koʻrsatkichi boʻlgan Ibovespa indeksi eng past nuqtada 17,3 foizga tushdi. Bloomberg xabariga koʻra, bu koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri bozordagi eng kuchli pasayish boʻldi.
AQSh va Yevropa birjalarida Braziliyada faoliyat yurituvchi kompaniyalar aksiyalari arzonlashdi. XP brokerlik kompaniyasi kotirovkalari 52 foizga, Itau Unibanco Holding bank guruhi aksiyalari esa 25 foizga pasaydi.
Prezident Luis Inasiu Lula da Silva saylovning ikkinchi turida gʻalaba qozondi. Uning raqibi Flavio Bolsonaro esa avvalroq investorlar uchun maʼqul nomzod hisoblangan. Bozor ishtirokchilari Lula da Silva budjet taqchilligi muammosini hal qila olmasligidan xavotirda: u avvalgi prezidentlik muddati davomida isteʼmol va kreditlashni kengaytirishni ragʻbatlantirgan, biroq taqchillikni qisqartirish bilan deyarli shugʻullanmagan.



