AQShdagi xom neft zaxiralari tahlilchilar kutganidan farq qildi
Shu bilan birga, benzin zaxiralari 2,39 mln barrelga oshdi, neft qazib olish esa sutkasiga 13,269 mln barrelgacha kamaydi
28-oktabr, 12:59По-русски
Amerika Neft Instituti (API) bahosiga koʻra, AQShdagi tijoriy xom neft zaxiralari 23-oktabr bilan yakunlangan hafta davomida 2,031 mln barrelga qisqardi.
Bu davrda tijoriy zaxiralarni qoʻllab-quvvatlash uchun strategik neft zaxirasidan 100 000 barrel chiqarildi. Zaxiradagi neft hajmi 282,6 mln barrelni tashkil etdi.




