Xitoy kompaniyalari Oʻzbekistonning ipak mahsulotlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda
Xaridlar «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi va Xitoy delegatsiyasi uchrashuvida muhokama qilindi
27-oktabr, 13:56По-русски
Xitoylik tadbirkorlar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan ipak ipi va ipak momigʻini xarid qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuvda uyushma raisi Rashid Abdullayev va boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Miryashin Sagatov ishtirok etdi. Bundan tashqari, tomonlar yetkazib berishni tashkil etish hamda savdo aloqalarini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Manba: uzdaily.uz



