Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 023.46▼ 42.76EUR13 461.47▲ 17.29RUB149.44▼ 0.30CNY1 807.33▼ 4.03KZT26.49▼ 0.14GBP16 146.30▲ 70.4831.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

OPEK+ning yetti davlati dekabr oyida amaldagi neft qazib olish kvotalarini saqlab qoladi

Gap Rossiya, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Quvayt, Iroq, Qozogʻiston va Ummon haqida bormoqda

2-noyabr, 11:28

Bu davlatlar avvalroq 2023 yilda kelishilgan kvotalar doirasida neft qazib olishni qoʻshimcha ravishda cheklagan edi, biroq sentyabrdan boshlab cheklovlarning soʻnggi qismi bozorga qaytarildi.

Fors koʻrfazi mamlakatlarining aksariyati Yaqin Sharqdagi mojaro fonida mart oyidan buyon kvotalarda ruxsat etilgan darajadan kamroq neft qazib chiqarmoqda. Rossiya ham neftni qayta ishlash zavodlaridagi rejadan tashqari taʼmirlash ishlari sabab oʻz kvotasiga erisha olmayapti.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Novak kvotalarni yangidan qisqartirish masalasi koʻrib chiqilmayotganini aytgan edi. Shu bilan birga, neft bozorida, shuningdek, oʻrta distillyatlar, kerosin va dizel yoqilgʻisi bozorlarida sezilarli taqchillik saqlanib qolmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing