Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 004.02▲ 85.04EUR13 361.67▲ 77.97RUB148.80▲ 0.76CNY1 800.68▲ 13.08KZT26.35▲ 0.23GBP15 950.94▲ 74.8629.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oxfam hisoboti: dunyoning eng boy odamlari atmosferani ifloslantirib, ikki karra foyda olmoqda

Atmosferaga zarar yetkazuvchi sohalardagi biznes ularning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan biznesini ham ragʻbatlantirmoqda

29-oktabr, 17:31По-русски

Read in English

Dunyoning eng boy odamlari ikki manbadan daromad olmoqda: atmosferani ifloslantiruvchi sohalardan va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etishga yordam beradigan biznesdan. Bunday xulosaga Buyuk Britaniyada tashkil etilgan, butun dunyo boʻylab qashshoqlik, ijtimoiy tengsizlik va adolatsizlikka qarshi kurashuvchi mustaqil nodavlat tashkilotlarning xalqaro konfederatsiyasi — Oxfam keldi.

Tashkilot bahosiga koʻra, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik koʻrish va ulardan keyin tiklanish bozori 2029 yilgacha yiliga 70 mlrd dollardan 92 mlrd dollargacha oʻsadi. Hisobot mualliflari bu holat yirik kapitalning chiqindilarni qisqartirishga boʻlgan qiziqishini susaytirishidan xavotirda.

Oxfam indeksiga inqirozni kuchaytirayotgan yoki unga moslashishdan daromad olayotgan 217 ta kompaniya kiritilgan: ular sovitish tizimlari va suv toshqinlariga qarshi toʻsiqlardan tortib sugʻurta hamda kreditlargacha boʻlgan sohalarda faoliyat yuritadi. Oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarga egalik qiladigan milliarderlarning boyligi 2020 yildan beri 120 mlrd dollarga oshdi. Gʻarbiy Afrikadagi anomal ob-havodan soʻng kakao narxi 231 foizga qimmatlashgan, ammo mahalliy fermerlar bundan hech qanday naf koʻrmagan.

Oxfam oʻta boylar va ifloslantiruvchi kompaniyalar uchun soliqlarni oshirishga chaqirmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing