Oddiy qidiruv hanuz Googleʼga AI xizmatlaridan koʻra koʻproq daromad keltirmoqda
Kompaniya aksiyalari ham aynan shu sababli allaqachon 10 foizga arzonladi
Googleʼning qidiruv biznesi sunʼiy intellekt davrining asosiy bosimiga duch keldi. Uchinchi chorak yakunlariga koʻra, kompaniya soʻnggi besh yildagi qidiruv soʻrovlari sonining rekord darajadagi oʻsishini qayd etdi, qidiruvdan tushadigan daromad esa 12 foizga oshdi. Biroq yakuniy daromad Uoll-strit prognozlaridan past boʻlib chiqdi va bu kompaniya aksiyalarining postmarket savdolarida qariyb 10 foizga tushishiga sabab boʻldi.
Google biznes direktori Filipp Shindler AI soʻrovlari sonining jadal oʻsishi umumiy daromadlilikni pasaytirganini tan oldi, garchi kompaniya reklama eʼlonlarini AI qidiruv natijalariga integratsiya qilishni allaqachon faol sinovdan oʻtkazayotgan boʻlsa-da.
Investorlar neyron tarmoqlar va ChatGPT kabi chatbotlar anʼanaviy qidiruvni oxir-oqibat butunlay siqib chiqarishidan xavotirda. Google rahbari Sundar Pichai hozirgi vaziyatni ancha avvalgi smartfonlarga oʻtish jarayoni bilan taqqosladi va ayni paytda foydalanuvchilar uchun qulaylikka ustuvor ahamiyat berilayotganini, monetizatsiyani kengaytirish esa keyinroq amalga oshirilishini taʼkidladi.





