Yevropa Markaziy banki rahbari Kristin Lagard isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi
U 2027-yil 7-fevralda lavozimini tark etadi, Yevropa kengashi esa uning vorisini tanlash jarayonini allaqachon boshladi
29-oktabr, 16:37По-русски

commons.wikimedia.org — Grunpfnul
Lagard 2019-yil noyabridan beri Yevropa Markaziy bankiga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning sakkiz yillik vakolat muddati 2027-yil 31-oktabrda yakunlanishi kerak edi.
Vorisi yevro hududi mamlakatlari ovozlarining malakali koʻpchiligi bilan Yevropa kengashi tomonidan tanlanadi. Mumkin boʻlgan nomzodlar qatorida Niderlandiya va Ispaniya markaziy banklarining sobiq rahbarlari Klaas Knot va Pablo Ernandes de Kos tilga olingan.





