Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 023.46▼ 42.76EUR13 461.47▲ 17.29RUB149.44▼ 0.30CNY1 807.33▼ 4.03KZT26.49▼ 0.14GBP16 146.30▲ 70.4831.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kompaniyalar

Geely Auto moliyaviy hisoboti: Xitoydagi avtomobil savdosi zoʻrgʻa foyda keltirmoqda

Avtomobil ishlab chiqaruvchi foydaning 93 foizini eksport hisobidan oldi

31-oktabr, 17:12
Geely

Xitoyning avtomobil giganti Geely Auto 2026 yilning uchinchi choragi boʻyicha moliyaviy natijalarini eʼlon qildi. Kompaniya daromadi 99 mlrd yuanga ($14,8 mlrd) yetdi, bazaviy sof foyda esa 5,21 mlrd yuanni ($777,6 mln) tashkil etdi.

Moliyaviy hisobot avtomobil konserni daromadliligining tashqi bozorlarga keskin bogʻliqligini koʻrsatdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi qattiq narx raqobati sabab Xitoy ichidagi savdo deyarli foyda keltirmay qoʻydi.

Geelyʼning xorijga yetkazib berishlari uch oyda 4,84 mlrd yuan ($722,4 mln) sof foyda keltirdi. Bu kompaniyaning jami foydasining 92,9 foiziga teng. Shu bilan birga, xalqaro bozorlar umumiy savdo hajmining atigi 39,8 foizini tashkil etdi — 812,5 mingta avtomobilning 323,7 mingi. Geelyʼning Xitoy ichidagi barcha savdolarining 60 foizdan ortigʻi kompaniyaning umumiy sof foydasining atigi 7 foizini taʼminlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Xorijdagi yuqori daromadlilik fonida Geely yillik eksport maqsadini 640 mingdan 920 mingtagacha avtomobilga oshirdi. Xalqaro ekspansiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchi yangi energiya manbalarida ishlaydigan avtomobillar (NEV) boʻldi: toʻqqiz oy ichida ularning eksporti 531 foizga oʻsib, 484 ming donaga yetdi.

Shu bilan birga, XXRdagi NEVlarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi — BYD kompaniyasi ham moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Kompaniya daromadi uchinchi chorakda 13,6 foizga oʻsib, 221,49 mlrd yuanga ($33,1 mlrd) yetdi, sof foyda esa 28,1 foizga oshib, 10,02 mlrd yuanni ($1,5 mlrd) tashkil etdi. Sentabr oyida BYD eksporti 153,6 foizga keskin oshib, bir oyda 180,7 mingta avtomobildan koʻproqni tashkil etdi.

Bozor tahlilchilarining qayd etishicha, Xitoydagi demping urushlarining kuchayishi allaqachon bir nechta brendlarning, jumladan Neta, Weltmeister, HiPhi va Aiwaysʼning bankrot boʻlishi va bozordan chiqib ketishiga olib keldi. Biroq bozorda qolgan ishtirokchilar eksport yetkazib berishlarining yuqori marjinal daromadi hisobidan ichki savdoni subsidiyalashda davom etmoqda.

Yana oʻqing