Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 066.22▲ 62.20EUR13 444.18▲ 82.51RUB149.74▲ 0.94CNY1 811.36▲ 10.68KZT26.63▲ 0.28GBP16 075.82▲ 124.8830.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Agro

Oʻzbekiston yerlarni tiklash va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun €100 milliondan ortiq mablagʻ oladi

BMTning Yashil iqlim jamgʻarmasi Qirgʻiziston va Tojikistonga ham koʻmak yoʻllaydi

30-oktabr, 13:56

Markaziy Osiyoda «Iqlimga chidamli landshaftlar» (CLiCA) mintaqaviy dasturi doirasida Oʻzbekistonga €103,7 mln ajratish koʻzda tutilgan. Mablagʻlar oʻrmonlar va yaylovlarga, qishloq xoʻjaligi sektori uchun iqlimga chidamli yechimlarga hamda fermerlarning moslashuvni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.

Dastur 342 ming kishini iqlimiy xatarlardan himoya qilishni kuchaytirishi kerak. Oʻrmon, yaylov va qishloq xoʻjaligiga oid 164 ming gektar hududda barqaror boshqaruv usullari joriy etiladi. Bundan tashqari, chiqindilarni kamaytirish va issiqxona gazlarini yutishni 1,07 mln tonna CO₂-ekvivalentiga oshirish kutilmoqda.

Ustuvor yoʻnalishlar qatoriga tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilish, yer resurslaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va iqlim oʻzgarishi oqibatlariga eng zaif mahalliy jamoalarga yordam berish kiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing