Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 023.46▼ 42.76EUR13 461.47▲ 17.29RUB149.44▼ 0.30CNY1 807.33▼ 4.03KZT26.49▼ 0.14GBP16 146.30▲ 70.4831.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Agentliklar xorijda ishga joylashtirilgan har bir oʻzbekistonlik uchun 1,5 mln soʻmdan oladi

Gap aynan yuqori haq toʻlanadigan ish haqida bormoqda; yangi tartiblar 2027 yildan kuchga kiradi

2-noyabr, 13:55

2027 yildan eng ishonchli xususiy bandlik agentliklariga xorijda yuqori haq toʻlanadigan ishga joylashtirilgan har bir oʻzbekistonlik uchun 1,5 mln soʻmdan beriladi. Bu haqdagi qaror Prezident Shavkat Mirziyoyevning mehnat migratsiyasi masalalariga bagʻishlangan yigʻilishida maʼlum qilindi.

Litsenziya olish shartlari soddalashtirilganidan soʻng xususiy bandlik agentliklari soni uch baravar, ular xorijga ishlash uchun yuborgan fuqarolar soni esa besh baravar oshdi. Biroq Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, sohada xatolar, korrupsiya va fuqarolarni aldash holatlari hamon saqlanib qolmoqda.

Soha faoliyatini tartibga solish uchun alohida qonun qabul qilindi. Bundan tashqari, xususiy agentliklar reytingini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ularning faoliyati shaffofligini oshirishi kutilayotgan reytingning asosiy mezonlari qatoriga odamni muayyan ish oʻrniga joylashtirish, migrantlar huquqlarini himoya qilish, daromad darajasi va ijtimoiy kafolatlarning mavjudligi kiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga bepul oʻqitish uchun oʻquv markazlariga texnikum binolaridan joy ajratiladi. Ular xorijdan jalb etilgan oʻqituvchi va ekspertlar uchun ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlashi mumkin. Mashgʻulotlar oʻtkazish uchun olib kiriladigan uskunalar bojxona bojlaridan ozod qilinadi.

Bir oy ichida bandlik sohasini yanada rivojlantirishga oid qaror loyihasini tayyorlash topshirildi. Xususiy agentliklar faoliyatini ijtimoiy xizmat deb eʼtirof etish rejalashtirilmoqda. Bu uning soliqqa tortilishini soddalashtirish imkonini beradi.

Yana oʻqing