Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

United Airlines AI-agentlar orqali aviachiptalarni bron qilishni cheklaydi

Kompaniya buni xavfsizlik va maxfiylik xatarlari bilan izohlamoqda

12-noyabr, 14:52
engadget.com

Kompaniya AI-agentlarning oʻz sayti, uchinchi tomon turistik agentliklari va agregatorlar orqali bron rasmiylashtirishini cheklashni rejalashtirmoqda. United buni xavfsizlik va maxfiylik xatarlari bilan bogʻlamoqda: agentga toʻlov maʼlumotlari yoki loginni berish rejalashtirilmagan xarid, akkauntning oʻzgartirilishi yoki MileagePlus millaridan foydalanishga olib kelishi mumkin.

Aviakompaniya, shuningdek, AI-agentning bronni mustaqil ravishda rasmiylashtirishi amaldagi Department of Transportation va Federal Aviation Administration talablarini buzishi mumkin, deb hisoblaydi. United bunga parvozga roʻyxatdan oʻtishni misol qilib keltirdi: qoidalarga koʻra, bagajda portlovchi moddalar yoʻqligini faqat inson tasdiqlashi mumkin.

United Airlines bosh direktori Skott Kirbi avvalroq kompaniya tashuvchi bilan mijoz oʻrtasiga yana bir vositachi qoʻshishni istamasligini aytgandi. Southwest esa, aksincha, yoʻlovchilarga ChatGPT orqali parvozlarni bron qilish imkonini beradigan plagin yaratdi.

Bunday xarid modelining tarqalishi hozircha cheklanganligicha qolmoqda. Uber hisobot boʻyicha konferensiya qoʻngʻirogʻida Xellouin haftasida 320 mln ta safar va yetkazib berishni qayta ishlaganini maʼlum qildi: AI-agentlar orqali Uber Eatsʼda 500 ta buyurtma va atigi toʻrtta safar amalga oshirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media