Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Morgan Stanley S&P 500 boʻyicha maqsadli koʻrsatkichni 8 700 punktgacha oshirdi

Bu juma kungi yopilish darajasidan qariyb 15 foizga oʻsishni anglatadi; strateglar oʻsishni foyda va sunʼiy intellekt qoʻllab-quvvatlashini kutmoqda

16-noyabr, 16:58
thenextweb.ru

Bankning S&P 500 uchun yangi maqsadli koʻrsatkichi 8 700 punktni tashkil etadi. Bu baho har bir aksiya uchun prognoz qilinayotgan 458 dollarlik foyda hamda moliyaviy sharoitlar yumshashi barobarida bozor baholashining kengayishi kutilishiga asoslangan.

Maykl Uilson boshchiligidagi strateglar yaqindagi korreksiyani keyingi oʻsish uchun asos deb hisoblamoqda, biroq indeks yana pasayishi mumkinligini ham istisno etmayapti. Ularning baholashicha, bozor oʻsishining asosiy manbai foydaning koʻpayishi boʻlib qoladi, marjani kengaytirishning navbatdagi bosqichi esa sunʼiy intellektni joriy etish hisobiga samaradorlik oshishini taʼminlaydi.

Morgan Stanley indeksdagi kompaniyalarning sunʼiy intellektdan foydalanish natijasida kamida bitta oʻlchanadigan samara qayd etganlari ulushi 32 foizdan 44 foizgacha oshganini taʼkidladi. Shu bilan birga, operatsion leverejning dastlabki taʼsiri tugab borishi va AQSh Federal zaxira tizimi kamroq ragʻbatlantiruvchi siyosatga oʻtishi ortidan foyda oʻsish surʼatlari, kutilishicha, sekinlashadi.

Bank kuchli balansga va barqaror marjaga ega kompaniyalarning sifatli aksiyalarini afzal koʻrishda davom etmoqda. Sektorlar orasida sanoat sohasi yetakchi deb topilgan; moliya sektorining ayrim kompaniyalari hamda kundalik ehtiyojga kirmaydigan isteʼmol tovarlari segmenti ham jozibador koʻrinmoqda. Sunʼiy intellekt sohasida strateglar bulutli hisoblash xizmatlarining yirik yetkazib beruvchilarini ajratib koʻrsatmoqda, kichik va yirik kapitalizatsiyali kompaniyalar aksiyalariga nisbatan esa neytral pozitsiyani saqlab qolmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media