Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Fargʻona viloyatida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda

Quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish uchun 350 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda

17-noyabr, 15:24

Fargʻona viloyatida 350 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish orqali 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda. Kelishuv loyihani birgalikda tayyorlashni nazarda tutadi.

Quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish uchun 350 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda. Loyihani rivojlantirish toʻgʻrisidagi kelishuvni Oʻzbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ummonning Voltamp Energy SAOG kompaniyasi hamda mahalliy UET Construction kompaniyasi imzoladi.

Hujjat stansiyani birgalikda ishlab chiqish va uni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrishni nazarda tutadi. Obyekt ishga tushirilgach, qayta tiklanuvchi manbalardan yiliga 1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Loyiha ishtirokchilarining hisob-kitoblariga koʻra, bu yiliga 250 mln kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Hozirda Voltamp Energy mutaxassislari qurilish uchun ajratilgan maydonni oʻrganmoqda va moliyaviy modelni tayyorlamoqda. Bu ishlar yakunlangach, kompaniya tijoriy taklifini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Stansiyani qurish va ishga tushirish muddatlari hozircha aytilmagan.

Bundan tashqari, Voltamp transformatorlar uchun maxsus oʻtkazgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha Texnokabel Group bilan kelishib oldi. Nura Group bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqaradigan zavod qurish rejalashtirilmoqda.

Loyihalar, shuningdek, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutadi. Ishtirokchilar tashabbuslar yangi ish oʻrinlarini yaratishini kutmoqda, biroq ularning soni aniqlashtirilmagan.