Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

AQShda sunʼiy intellekt almashtirgan xodimlarning qariyb 20 foizidan qaytishni soʻrashdi

Ular bunga javoban koʻproq pul va ish joyi kafolatlarini talab qilishdi

9-noyabr, 18:43
Shutterstock

Isteʼdodlarni baholashga ixtisoslashgan SHL kompaniyasi tadqiqotiga koʻra, amerikalik respondentlarning 19,1 foizi sunʼiy intellekt joriy etilgani sabab ishdan boʻshatilgan, shundan soʻng ish beruvchi ularga qaytishni taklif qilgan. AQSh va Buyuk Britaniyada birgalikda bu koʻrsatkich 16 foizni tashkil etgan. SHL bunday vaziyatni «AIʼdan keyingi qaytish» — AI rebounding deb ataydi.

Qaytishga rozi boʻlishi mumkin boʻlganlarning 51 foizi ish haqining sezilarli darajada oshirilishini kutgan. Yana 42 foiz ish joyi saqlanib qolishiga yozma kafolat berilishini, 40 foiz esa oʻz lavozimida sunʼiy intellektdan foydalanishning aniq qoidalari belgilanishini xohlagan.

SHL kompaniyasining mahsulot va dizayn boʻyicha global katta vitse-prezidenti Lyusi Bomontning aytishicha, kompaniyalar baʼzan xodimlar haqida shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilib, ularning sunʼiy intellekt bilan va usiz ishlaganda nimalarga qodirligini baholamaydi. Avtomatlashtirish vazifalarni bajara olmasa, biznes oʻsha mutaxassislarga yana murojaat qilishiga toʻgʻri keladi, biroq bu safar ancha qimmatroq shartlar asosida.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Shunga oʻxshash holatlarni Robert Half kompaniyasi iyul oyida AQShda ishga yollash uchun masʼul rahbarlar oʻrtasida oʻtkazgan soʻrov ham aniqlagan. Sunʼiy intellekt sabab lavozimlar bekor qilingan kompaniyalarda bunday rollarning ayrimlari keyinchalik toʻliq yoki deyarli avvalgi koʻrinishida tiklangan. Ish beruvchilar bunga ichki bilim va kontekstni saqlab qolish, munosabatlarni qoʻllab-quvvatlash, biznes hajmi oshgani sabab yuzaga kelgan ishlarni bajarish, shuningdek, inson nazorati va sifat tekshiruvini kuchaytirish zaruratini sabab qilib koʻrsatgan.

Avtomatlashtirishning cheklovlari yirik kompaniyalarda ham allaqachon namoyon boʻldi. «Hozir ol — keyin toʻla» xizmati boʻlgan Shvetsiyaning Klarna kompaniyasi chatbotlardan faol foydalana boshlaganidan keyin mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga xodimlar yollay boshladi. Kompaniya bosh direktori Sebastyan Siemyatkovskiy Klarna avtomatlashtirishga haddan tashqari koʻp tayanib qolganini tan oldi.

Klarna vakili murakkab va nozik masalalar boʻyicha murojaatlar bilan ishlash uchun odamlar kerakligini aytdi. Kompaniya xodimning shaxsan ishtirok etishi mijozlarga qaysi vaziyatlarda eng katta foyda keltirishini aniqlash uchun kam sonli yuqori malakali mutaxassislarni bevosita ishga jalb qila boshladi.

Yana oʻqing