Rosatom Oʻzbekistonda litiy qazib olishning chiqindisiz texnologiyasini yaratdi
Nurlikon rudasi uchun moʻljallangan usul litiyining 94,44 foizini ajratib olishni taʼminlaydi va sanoat chiqindilaridan foydalanadi
«Giredmet» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari yaratgan usul tarkibida taxminan 0,5 foiz litiy oksidi boʻlgan rudani qayta ishlashga moʻljallangan. Tayyor mahsulotga litiyining 94,44 foizini ajratib olish mumkin, bunda suyuq hamda qattiq chiqindilar hosil boʻlmaydi.
Oraliq jarayon uchun Olmaliq kimyo zavodining fosfogipsidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu har yili qariyb 225 ming tonna sanoat chiqindisini ishlatish imkonini beradi. Qayta ishlash qoldiqlarini sement sanoatiga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.
Texnologiyaning quvvati yiliga 750 ming tonna ruda tashkil etadi. «Giredmet» bahosiga koʻra, yuqori tozalikdagi litiy karbonati ishlab chiqarish hajmi 8,5 ming tonnadan oshadi. Kelgusi yil usulni joriy etishga tayyorlash uchun tajriba-sanoat sinovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.





