Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qayta ishlash quvvatini 5 mln tonnagacha oshiradi
328 mln dollarlik modernizatsiyadan soʻng neft zavodi xomashyoni yillik qayta ishlash hajmini ikki baravar oshirishi kerak

Loyiha xomashyoni yillik qayta ishlash hajmini 5 mln tonnagacha oshirish, ogʻir qoldiqlarni chuqurroq qayta ishlash va fraksiyalarga ajratish tizimini yangilashni nazarda tutadi.
Korxonada naftani gidrotozalash va izomerizatsiya qilish qurilmalari ham paydo boʻladi. Bu Yevro-5 standartiga mos AI-92 va AI-95 benzinlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkonini beradi.
Zavodga tashrifi chogʻida prezident Shavkat Mirziyoyev modernizatsiya muddatlariga rioya qilish, ishlar sifatini taʼminlash, yangi uskunalarni amaldagi jarayonlar bilan muvofiqlashtirish va yangilash davrida korxonaning barqaror ishlashini taʼminlashni topshirdi.





