Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kompaniyalar

Disney bir necha ming xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda

Ayrim menejerlarga esa xarajatlarni 20 foizga kamaytirish topshirildi

4-noyabr, 18:41

Disney rahbariyati ayrim menejerlarga xarajatlarni 20 foizga qisqartirishga erishishni topshirdi; shu bilan birga, kompaniya bir necha ming xodimini ishdan boʻshatishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalari rejalarni ochiq muhokama qilish huquqiga ega boʻlmagani sababli anonimlik sharti bilan xabar berdi.

Bu Josh DʼAmaro Disney kompaniyasiga rahbar boʻlganidan keyingi navbatdagi qisqartirishlar bosqichi boʻladi. Aprel oyida kompaniya, asosan, marketing boʻlimida 1 ming nafargacha xodimni ishdan boʻshatish rejasini eʼlon qilgan, sentabr oyida esa kadrlar va texnologiyalar boʻlinmalaridan qariyb 300 kishini qisqartirishini bildirgan edi.

Avgust oyida Disney ayrim xodimlar uchun muddatidan oldin pensiyaga chiqish dasturini ham taqdim etgan. Kompaniya yillik moliyaviy hisobotida 2025-moliya yili oxirida unda qariyb 231 ming kishi ishlaganini koʻrsatgan. Disney navbatdagi moliyaviy hisobotini 17-noyabr kuni eʼlon qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing