TikTok xaridlar uchun alohida TikTok Shop ilovasini chiqardi
U Singapur, Tailand, Malayziya va Filippinda allaqachon mavjud

Alohida TikTok Shop ilovasi iOS va Android versiyalarida paydo boʻldi, biroq hozircha cheklangan hududlarda tarqatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar boʻyicha maslahatchi Mett Navarraning maʼlumotlariga koʻra, ilova Singapur, Tailand, Malayziya va Filippin ilovalar doʻkonlarida mavjud, ammo AQSh va Buyuk Britaniyaning App Store doʻkonlarida yoʻq.
Ilovada foydalanuvchilarga shaxsiy tavsiyalar, jonli efirlar va mahsulotlar namoyish etiladigan qisqa videolar taklif qilinadi. Shuningdek, tavsifda faqat ilova uchun moʻljallangan maxsus takliflar, bepul yetkazib berish va birinchi buyurtma uchun imtiyozlar qayd etilgan.
Xizmat xaridlar uchun toʻlovni amalga oshirish, buyurtmalarni kuzatish va rasmiylashtirishdan yetkazib berishgacha kecha-yu kunduz yordam koʻrsatishni oʻz ichiga oladi. Hozircha ilova, ehtimol, keng miqyosda ishga tushirilmagan. Uning paydo boʻlishi TikTok onlayn savdodagi ishtirokini kuchaytirish rejalariga ishora qilishi mumkin, biroq kompaniya izoh soʻroviga javob bermadi.





