«Oʻzkimyosanoat»ning toʻqqiz oydagi eksporti 568 mln dollarni tashkil etdi
Eksport yetkazib berishlarida oʻgʻit sifatida ishlatiladigan karbamid yetakchilik qildi
6-noyabr, 11:42

Natija oʻtgan yilning shu davridagi koʻrsatkichdan 16 foiz yuqori boʻldi.
Eksport yetkazib berishlarida 116,1 mln dollarlik karbamid yetakchilik qildi. Eksport tovarlari qatoridan ammiakli selitra, kaliy xlorid, superfosfat, past zichlikdagi selitra, karboksimetilsellyuloza va polianionli sellyuloza ham oʻrin oldi.
Korxonalar yetkazib berish geografiyasini kengaytirmoqda, mahsulotlarning xorijiy bozorlardagi mavqeyini mustahkamlamoqda va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega kimyoviy moddalar eksportini oshirmoqda.





