Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD12 023.46▼ 42.76EUR13 461.47▲ 17.29RUB149.44▼ 0.30CNY1 807.33▼ 4.03KZT26.49▼ 0.14GBP16 146.30▲ 70.4831.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

2026-yilda uy-joy qurilishiga sanʼatga qaraganda 20 baravar koʻp mablagʻ yoʻnaltirildi

Shu bilan birga, taʼlim sohasi sogʻliqni saqlashga qaraganda qariyb 2 baravar koʻp mablagʻ oldi. Barcha raqamlar — materialimizda

2-noyabr, 19:07
Photo by Marek Minor on Unsplash

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda asosiy kapitalga 584,2 trln soʻm investitsiya oʻzlashtirildi.

Oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2025-yilning tegishli davriga nisbatan 20,1 foizga oshdi. Eng yirik yoʻnalish qayta ishlash sanoati boʻldi — 160,8 trln soʻm.

Uy-joy qurilishiga 87,1 trln soʻm, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligiga 52,1 trln soʻm yoʻnaltirildi. Noturar joy fondini qurishga kiritilgan investitsiyalar hajmi 51,1 trln soʻmni tashkil etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Elektr energiyasi, gaz, bugʻ va konditsiyalangan havo ishlab chiqarishga 39,0 trln soʻm toʻgʻri keldi. Togʻ-kon sanoatiga 33,9 trln soʻm, tashish va saqlash faoliyatiga 27,7 trln soʻm yoʻnaltirildi.

Ulgurji va chakana savdo, shuningdek, avtotransport vositalari va mototsikllarni taʼmirlashga kiritilgan investitsiyalar 22,6 trln soʻmni tashkil etdi. Taʼlimga 12,7 trln soʻm, suv taʼminoti, kanalizatsiya, chiqindilarni yigʻish va qayta ishlatishga 12,2 trln soʻm yoʻnaltirildi.

Yashash va ovqatlanish xizmatlariga 9,5 trln soʻm, axborot va aloqa sohasiga 9,3 trln soʻm toʻgʻri keldi. Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga 7,7 trln soʻm yoʻnaltirildi.

Professional, ilmiy va texnik faoliyatga kiritilgan investitsiyalar hajmi 6,1 trln soʻmni, moliyaviy va sugʻurta faoliyatiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 5,4 trln soʻmni tashkil etdi. Sanʼat, koʻngilochar tadbirlar va dam olishga 4,5 trln soʻm, boshqa faoliyat turlariga 42,7 trln soʻm toʻgʻri keldi.

Yana oʻqing