Anthropic oʻz ehtiyojlari uchun 3,4 mlrd dollarlik gaz generatorlariga kelishdi
Kompaniya OnePWR Solutions kompaniyasining Caterpillarʼda joylashtirilgan, umumiy quvvati 1,7 GVt boʻlgan generatorlar buyurtmalarini oʻz zimmasiga oladi

Sentyabr oxirida Anthropic umumiy quvvati 1,7 GVt boʻlgan gaz generatorlari uchun qiymati 3,4 mlrd dollar boʻlgan bitimni maʼqulladi. Kelishuvga uskunalarni oʻrnatish boʻyicha muhandislik va qurilish ishlari ham kiritilgan.
Kompaniya OnePWR Solutionsʼni sotib olmaydi. Anthropic yetkazib beruvchining Caterpillarʼda avval joylashtirilgan buyurtmalar boʻyicha majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. Shu tariqa kompaniyaga xarid jarayonini boshidan boshlash va yangi ishlab chiqarish navbatini kutish shart boʻlmaydi. Bozorda sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirayotgan kompaniyalar tomonidan yirik gaz turbinalari va generatorlariga talab oshmoqda.
Manba maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha turbinalarga berilgan buyurtmalarning umumiy hajmi 100 GVtdan oshgan, ishlab chiqarish quvvatlari esa 60–70 GVtga baholanmoqda. AQShda uskunalarni yetkazib berishning oʻrtacha muddati olti yilga yetdi.
Boshqa sunʼiy intellekt ishlab chiquvchilari ham gaz generatorlaridan foydalanmoqda. xAI Missisipidagi obyektga qayta jihozlangan aviatsiya turbinalarini oʻrnatdi, OpenAI esa Texasdagi ilk Stargate maʼlumotlar markazi uchun gaz turbinalaridan foydalanmoqda. Bunday yondashuv odatiy elektr tarmogʻiga ulanishni kutmaslik imkonini beradi, biroq chiqindilar sababli savollar tugʻdiradi. ReadTransformer asoschisi Shakil Hashim Anthropic qarorini tanqid qilib, bunday generatorlarni «atrof-muhit uchun dahshatli» deb atadi.





