Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kompaniyalar

Netflix Yevropa bozoriga €13 mlrd dan ortiq sarmoya kiritadi

Oʻn yil avval ingliz tilida boʻlmagan kontent tomosha vaqtining 10 foizidan kamini egallagan, bugun esa bu koʻrsatkich uchdan biridan koʻproq

9-noyabr, 17:56
Photo by Glenn Carstens-Peters on Unsplash

Yevropa tomoshabinlari uchun kontentni hozir oʻnta mintaqaviy jamoa tayyorlaydi. 2019-yildan buyon ularga Amsterdamdan EMEA mintaqasidagi kontent yoʻnalishi rahbari Larri Tants boshchilik qilmoqda.

Tants Euronews Business telekanalining The Big Question dasturida Netflix albatta global xit yaratishni maqsad qilmasligini aytdi. Kompaniya muayyan auditoriya uchun haqiqiy va oʻziga xos hikoyalarga tayanadi: agar hammaga maʼqul kelishga urunilsa, oxir-oqibat loyihani hech kim tomosha qilmaydi. Bunga «Kalmar oʻyini» misol boʻla oladi: serial aynan uning yaqqol koreysona xususiyati tufayli butun dunyoni zabt etdi. Tantsning aytishicha, platformaning har bir xalqaro xiti avval oʻz mamlakatida tomoshabinlarni jalb qilgan.

Bu yondashuv oʻzini oqlamoqda: oʻn yil avval ingliz tilida boʻlmagan kontent tomosha vaqtining 10 foizidan kamini egallagan boʻlsa, bugun bu koʻrsatkich uchdan biridan koʻproq.

Shu bilan birga, Tants Yevropadagi tartibga solish siyosatini tanqid qildi. Uning fikricha, investitsiyalar boʻyicha qatʼiy majburiyatlar tavakkal qilish istagini soʻndiradi va kompaniyalarni tomoshabinlar koʻrishni istamaydigan loyihalarga mablagʻ kiritishga majbur qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing