Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kompaniyalar

Grafik dizayn uchun xalqaro onlayn platforma Canva xodimlarining 22 foizini qisqartiradi

Kompaniya kamida olti oylik maosh, bir yilga sugʻurta va oʻz biznesi uchun $10 ming grant vaʼda qilmoqda

6-noyabr, 15:07

Canva bosh direktori Melani Perkins xodimlarga yoʻllagan maktubida bu qarorni biznes surʼatlari soʻnggi oʻn yil ichida ilk bor pasaygani bilan izohladi. Uning soʻzlariga koʻra, jamoalar oʻrtasidagi kelishuvlar soni koʻpligi sababli mahsulotlarni chiqarish jarayoni ham sekinlashgan.

Canva Product, Growth va Platform boʻlinmalarini yirikroq tuzilmaga birlashtirish, boshqaruv darajalari sonini kamaytirish va koʻproq mahsulot jamoalarini Sidney ofisiga oʻtkazishni rejalashtirmoqda. 2027-yil yanvaridan gibrid rejimda ishlovchilar u yerda haftasiga ikki yoki uch kun ishlashi kerak boʻladi.

Ishdan boʻshatilganlarga kamida olti oylik maosh hamda mahalliy qonunchilikda nazarda tutilgan toʻlovlar beriladi. Bundan tashqari, ularga ish uchun berilgan MacBookʼlarni olib qolishga ruxsat etiladi, bunday dastur amal qiladigan mamlakatlarda tibbiy sugʻurta 12 oy davomida saqlab qolinadi va bir yilga LinkedIn Premium taqdim etiladi. Qoʻllab-quvvatlash paketi karyera boʻyicha maslahatlar, ish topishga koʻmaklashish hamda biznes yoki jamoat loyihasi uchun $10 ming grantni ham oʻz ichiga oladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Qisqartirish taʼsir qilgan xodimlar orasida London ofisidagi Pexels kontent kuratori ham bor. U ish beruvchisi homiylik qilgan Skilled Worker vizasi bilan Buyuk Britaniyada boʻlgan, shu sababli endi 60 kun ichida rasmiy ish topishi kerak. Xodimaning taʼkidlashicha, Canva hozircha kompensatsiya paketi tafsilotlarining barchasini oshkor qilmagan.

Avgust oyida kompaniya 2026-yil uchun tushum oʻsishi prognozini 30 foizdan 20 foizgacha pasaytirdi va yangi sunʼiy intellekt funksiyalarini chiqarishni sekinlashtirdi: ulardan foydalanish kutilganidan qimmatroqqa tushishi maʼlum boʻldi.

Yana oʻqing