Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonga xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratilgan moliyalashtirish qariyb besh baravar kamaydi

III chorakda 108 mln dollar moliyalashtirish maʼqullandi — bu bir yil avvalgidan 4,7 baravar kam

7-noyabr, 14:21
g0d4ather / Shutterstock

2026 yil III choragida xalqaro moliyaviy tashkilotlar Oʻzbekiston uchun 108 mln dollarlik moliyalashtirishni maʼqulladi. 2025 yilning shu davrida bu koʻrsatkich 504 mln dollarni tashkil etgan. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YOTB) sharhida aytiladi.

2026 yil yanvar–sentabr oylarida xalqaro moliyaviy tashkilotlarning Oʻzbekistonga kiritgan investitsiyalari hajmi 840 mln dollarni tashkil etdi. Bir yil avval shu davrda 986 mln dollar maʼqullangan edi.

Eng yirik bitimlardan biri Asakabankka 60 mln dollar miqdorida moliyalashtirish ajratilishi boʻldi. Mablagʻlarni Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (ICD) taqdim etdi. Yana bir yirik loyiha — Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Davr Bankka soʻmda ajratgan, qiymati 25 mln dollarga teng krediti.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Oʻzbekiston, Armaniston va Gruziya Yevrosiyoda xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan moliyalashtirish qisqargan mamlakatlar qatoriga kirdi. Mintaqaning toʻqqiz mamlakati boʻyicha III chorakda yangi loyihalarga jami qariyb 1,07 mlrd dollar yoʻnaltirildi — bu bir yil avvalgidan 36 foiz kam. YOTB pasayishni yirik bitimlar sonining kamaygani bilan izohladi.

Umumiy qisqarish fonida Qozogʻiston III chorakda moliyalashtirish hajmini 207 mln dollarga, Ozarbayjon 143 mln dollarga, Moʻgʻuliston esa 48 mln dollarga oshirdi. Toʻqqiz oy davomida mintaqa mamlakatlarini moliyalashtirishning umumiy hajmi 50 foizga oʻsib, 6,79 mlrd dollarga yetdi.

YOTB tahlilchilari 2026 yil IV choragida mintaqada investitsiya faolligi tiklanishini kutmoqda.

Yana oʻqing