Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
MB kurslariUSD11 994.10▲ 6.94EUR13 420.20▲ 26.95RUB145.79▼ 0.50CNY1 797.46▲ 0.50KZT26.72▼ 0.01GBP16 087.69▲ 27.2910.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Savdo va logistika

Moskvada «Rosneft» AYOQShlarida benzin sotuviga yana cheklov joriy qilindi

Moskva viloyatiga yoqilgʻi yetkazib beradigan kompaniya neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalardan soʻng «Rosneft»ning Moskva shahridagi AYOQShlarida yana limitlar joriy qilindi.

10-noyabr, 11:37

Moskvadagi «Rosneft» AYOQShlarida bitta avtomobilga 50 litrdan ortiq yoqilgʻi berilmayapti. Shuningdek, hajmi 20 litr boʻlgan bitta metall kanistrni toʻldirishga ruxsat etilgan.

Volgograd prospektidagi zapravka kassiri cheklovlar taxminan bir hafta avval bekor qilinganini, biroq yaqinda yana joriy etilganini aytdi. «Rosneft»ning ishonch telefonida vaziyatga izoh berishdan bosh tortishdi.

Noyabr boshida Ukraina Qurolli kuchlari Moskva va Moskva viloyatini taʼminlaydigan «Rosneft»ning muhim neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar berdi. 3 noyabr kuni yiliga 15 mln tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega «Slavneft-YANOS» zavodiga hujum qilindi. Korxona Yaroslavl viloyatida joylashgan boʻlib, «Rosneft» va «Gazprom» teng ulushlar asosida nazorat qiladigan «Slavneft»ga tegishli.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

5 noyabr kuni dronlar Ryazan neftni qayta ishlash zavodiga zarba berdi. Uning yillik neftni qayta ishlash quvvati 17 mln tonnadan oshadi, zavod esa bu koʻrsatkich boʻyicha Rossiyada uchinchi oʻrinda turadi.

Bundan tashqari, «Rosneft»ning boshqa korxonalari — Samara viloyatidagi Novokuybishevsk neftni qayta ishlash zavodi, Ufadagi «Bashneft-Novoyl» va Saratov neftni qayta ishlash zavodi ham hujumlarga uchradi. Shundan soʻng kompaniyaning AYOQShlaridagi limitlar boshqa hududlarda, jumladan, Buryatiya, Kareliya va Krasnoyarsk oʻlkasida ham qayta joriy etila boshlandi. Zabaykal oʻlkasi rasmiylari cheklovlar butun mamlakat boʻylab amal qilayotganini maʼlum qildi.

«Rosneft» Ukrainadagi urush yana ikki oy davom etsa, bu kompaniya biznesiga uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin, deb hisoblaydi. Top-menejerlar soʻzlari va «Rosneft»ning ichki hujjatlariga asoslangan maʼlumotlarga koʻra, neft kompaniyasi zarbalar tufayli kuchayib borayotgan moliyaviy va texnik muammolarga duch kelmoqda hamda shikastlangan neftni qayta ishlash zavodlarini taʼmirlashda tobora koʻproq qiyinchiliklarga duch kelyapti.

«Rosneft» 12 ta zavodni boshqaradi. Rossiyadagi barcha neftni qayta ishlashning uchdan bir qismi shu zavodlarga toʻgʻri keladi, kompaniyaning oʻzi esa mamlakatda qazib olinadigan har ikkinchi barrel neftni taʼminlaydi.

Yana oʻqing